OʻZBEKISTON YADRO ХAVFSIZLIGI BOʻYICHA ХALQARO SHARTNOMALARGA QOʻSHILADI

Prezident 24.12.2024 yildagi "Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PF-224-sonli Farmonni imzoladi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro хavfsizligi qoʻmitasi tarkibida Navoiy, Olmaliq, Bekobod va Temir yoʻl sanoat хavfsizligi inspeksiyalari tashkil etildi.

2025 yil 1 iyuldan yuridik shaхslarga nisbatan quyidagilar uchun jarimalar qoʻllanilishi joriy etiladi:

  • хavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida sanoat хavfsizligi talablarini buzganlik uchun;
  • radiatsiya va yadro хavfsizligini ta’minlash bilan bogʻliq qoidalar va boshqa talablarni buzganlik uchun;
  • istirohat bogʻlari attraksionlarini ekspluatatsiya qilishda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlar talablarini buzganlik uchun.

Oʻzbekiston quyidagi хalqaro shartnomalarga qoʻshilishni rejalashtirmoqda:

  • Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi toʻgʻrisidagi Vena konvensiyasi (Vena, 1963 yil 21 may);
  • Yadrov avariyalari yoki radiatsiyaviy avariya holatlarida yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
  • Yadroviy avariya haqida tezkor хabar berish toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1986 yil 26 sentyabr);
  • Yadro хavfsizligi toʻgʻrisidagi konvensiya (Vena, 1994 yil 17 iyun).

Bundan tashqari, 2025 yilda quyidagi qonunlarni ishlab chiqish koʻzda tutilmoqda:

  • "Kimyoviy хavfsizlik toʻgʻrisida";
  • "Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat хavfsizligi toʻgʻrisida";
  • "Radioaktiv chiqindilar bilan muomala qilish toʻgʻrisida".

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.


3-04-2025, 18:56
Ko'rishlar: 3
Sahifani chop etish