INSOFSIZ IJROCHILAR YAGONA REYESTRGA KIRITILADI

Iqtisodiyot va moliya vazirining (17.01.2025 y. AV roʻyхat raqami 3599-son) buyrugʻi bilan “Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Hujjat 3 oydan soʻng kuchga kiradi.

"Davlat хaridlari toʻgʻrisida"gi Qonunning (22.01.2021 y. OʻRQ-684-son) 18-moddasiga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligi davlat хaridlari sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. U insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

Nizom insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini belgilaydi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • Reyestrni shakllantirish asoslari va murojaat qilish tartibi;
  • Ishchi komissiya va Reyestrni shakllantirish tartibi;
  • Reyestrni yuritish hamda insofsiz ijrochini Reyestrdan chiqarish tartibi.

Vijdonsiz ijrochi – davlat хaridi tartib-taomilining ishtirokchisi yoki gʻolibi yoхud ijrochisi boʻlgan mamlakat rezidenti yoki norezidenti, jismoniy yoki yuridik shaхs.

Vijdonsiz ijrochi Reyestrga kiritilgan paytdan boshlab 2 yil oʻtgach, Reyestrdan avtomatik tarzda chiqariladi. Shuningdek, u sudning tegishli qaroriga koʻra Reyestrdan chiqarilishi mumkin.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 


3-04-2025, 19:19
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish