TADBIRKORLAR ENDI OLIB CHIQILAYOTGAN KARANTIN OSTIDAGI MAHSULOTLARNI FUMIGATSIYA QILISHLARI MUMKIN

Prezident tomonidan 20.01.2025 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-1020-son Qonun imzolandi.

Yuridik shaхslar Oʻzbekistondan olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotning fumigatsiyasini amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun ular tegishli litsenziya olishlari kerak.

Ma’lumot uchun: fumigatsiya — oʻsimliklar karantini ob’yektlarini va boshqa zararli organizmlarni yoʻq qilish maqsadida ularni kimyoviy vositalarning gazlari bilan zararsizlantirish.

Litsenziya Oʻsimlik karantini va himoyasi agentligi tomonidan beriladi. Litsenziya uchun davlat boji miqdori – BHMning 3 baravarini tashkil etadi.

Mazkur faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanish BHMning 250 baravari miqdorida jarimaga tortish bilan jazolanadi.

Shunga koʻra:

Mazkur faoliyatni litsenziyalash tartibi hamda olib chiqilayotgan karantin ostidagi mahsulotni fumigatsiyalash tartibi 6 oy ichida ishlab chiqiladi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 


3-04-2025, 19:23
Ko'rishlar: 4
Sahifani chop etish