
🎙 Xorazm radiosida tibbiyotdagi islohotlar, poliklinika faoliyati haqida eshittirish
Urganch shahridagi 3-son Oilaviy poliklinikasi bosh shifokori Nilufar Atoxonovna Xorazm teleradiokompaniyasining "Nafosat" eshittirishida mehmon bo‘ldi.
📻 Muloqotning asosiy mavzulari:
🔹 Poliklinika faoliyati va tibbiy xizmatlar:
Suhbat davomida muassasaning ish faoliyati, aholiga sifatli va samarali tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar hamda sohadagi yangiliklar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
🔹 Oktyabr oyidagi salomatlik marafoni:
Tibbiyot tizimidagi islohotlar doirasida oktyabr oyida Urganch shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan "Salomatlik marafoni" va uning aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdagi o‘rni hamda ahamiyati atroflicha muhokama qilindi.
🎧 Eshittirish bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.