Bugun Urganch shahridagi 3-son oilaviy poliklinikasida Urganch shahrida istiqomat qiluvchi uzoq muddatli migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz uchun tibbiy koʼrik tashkil qilindi. Kun davomida 120 nafar fuqarolar
Bugun Urganch shahridagi 3-son oilaviy poliklinikasida Urganch shahrida istiqomat qiluvchi uzoq muddatli migratsiyadan qaytgan yurtdoshlarimiz uchun tibbiy koʼrik tashkil qilindi. Kun davomida 120 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi. Tadbir davomida fuqarolar tor soha mutaxassislari jarrox, urolog, kardiolog, stomatolog, yuqumli kasalliklar shifokori, terapevt, laborator instrumental tekshiruvlar, UTT tekshiruvi, rentgen tekshiruvi, mobil oftalmologik tekshiruvlardan oʼtkazildi. Kasallik aniqlangan bemorlarga zarur tavsiyalar va statsionar davolanishi uchun yoʼllanmalar berildi. Koʼrik davomida fuqarolarga sogʼlom turmush tarzi, sogʼlom ovqatlanish toʼgʼrisida tarğibot ishlari olb borildi. Poliklinikada tibbiy koʼriklar davom qilmoqda.
3-06-2024, 09:58
Ko'rishlar: 12
Sahifani chop etish