Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tadbirlar

IT-operator ko'rik tanlovi

Xorazm viloyati Sog'liqni saqlash boshqarmasiga qarashli Urganch shahar tibbiyot birlashmasida "Sog'liqni saqlash tizimi birlamchi bo'g'ini bo'yicha yilning eng yaxshi IT-operator hamshirasi" ko'rik tanlovi bo'lib o'tdi. Unda ishtirokchilar elektron tibbiy tizimlar bilan ishlash ko‘nikmalari, bemorlar ma’lumotlarini to‘g‘ri va tezkor kiritish, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, kasbiy bilim va malaka bo‘yicha sinovdan o‘tdilar. Yakuniy natijalarga ko'ra:
🥇1-o'rin - Djumabayeva Feruza - 3-son oilaviy poliklinika IT-xamshirasi
🥈2-o'rin - Xasanbayeva Dilafruz - Urganch shahar KTMP IT-xamshirasi
🥉3-o'rin - Artiqova Durdona - 5-son oilaviy poliklinika IT-xamshirasi
Сегодня, 14:15
Ko'rishlar: 2
Sahifani chop etish