Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tadbirlar

9-may " Xotira va qadrlash kuni" munosabati


2026-yil 8-may Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Odilbek Matkarimov  rahbarligida  “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirga tibbiyot sohasida fidokorana mehnat qilgan va hozirda nafaqada boʻlgan faxriy va vafot etgan tibbiyot xodimlarimizni oila a’zolari taklif etildi. Tadbirda Odilbek Matkarimov  “Xotira va qadrlash – xalqimizning asriy qadriyatlari, ulug' fazilatlardan biridir. El-yurtining tinchligi, osoyishtaligi, erki va ozodligi uchun kurashgan insonlar hamisha xalqimiz ardogida ekanligi, ular yodi hamon yodimizda mangu qolishi haqida gapirdi va 1 daqiqalik sukut saqlandi. USHTB kasaba uyushmasi raisi Jalolbek Boltayev tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.Tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvlarning ma'no-mazmuni, ya'ni oʻtganlarni eslash va unutmaslik, hayot boʻlganlarni qadirlashdir.

13-05-2026, 09:04
Ko'rishlar: 19
Sahifani chop etish