Barcha yangiliklar RSS

E'lon va tadbirlar

Salomatlik marafoni


Urganch shahrida "Salomatlik marafoni" davom etmoqda

🤩 Aholini profilaktik tibbiy ko‘rik va skrining tekshiruvlariga keng jalb etish, kasalliklar profilaktikasi madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Urganch shahrida "Salomatlik marafoni" ommaviy tadbirlari davom etimoqda. Mazkur tadbirlar jarayonlari bilan Xorazm viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Raxmatullayev yaqindan tanishib, mas’ullarga aholimizga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.

🗓 31-oktabrgacha
o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur marafon doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari va ularning hududiy filiallaridan tashrif buyurgan 18 ta yo‘nalishdagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar o‘tkaziladi.

🏥  Urganch shahri aholisini tibbiy ko‘riklarda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

📞 Batafsil ma’lumot uchun oilaviy shifokoringizga murojaat qiling.

❗️Unutmang, salomatligingiz — eng katta boyligingizdir!

7-10-2026, 20:11
Ko'rishlar: 21
Sahifani chop etish