Prezident qarori: Qarshida 200 o'rinli yangi tug'ruq kompleksi barpo etiladi

Prezident qarori: Qarshida 200 o'rinli yangi tug'ruq kompleksi barpo etiladi

Prezidentning "Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sog'liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjatga ko'ra, hududda profilaktik ko'riklar va skrining dasturlar ko'lamini kengaytirish, viloyat darajasida 40 turdagi va tuman darajasida 20 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarini amaliyotga joriy qilish, aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan ta'minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shuningdek, qarordan kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini oshirish, tibbiyot tizimini raqamlashtirish kabi muhim topshiriqlar o'rin olgan.
Bundan tashqari, 2024 – 2025 o'quv yilidan boshlab barcha tibbiyot oliy ta'lim muassasalarida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan alohida davlat byurtmasi joriy etiladi.
Qashqadaryo viloyatida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalari har bir aniqlangan holat uchun 2 mln so'm miqdorida rag'batlantiriladi.
Qolaversa, qarorga muvofiq:
 Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RSHTYOIM) viloyat filialining o'rin-joylar sonini 220 tadan 300 tagacha oshirish;
 Qarshi temiryo'l shifoxonasini RShTYoIMning viloyat filialiga o'tkazish;
 Qarshi tug'ruq kompleksi o'rnida 200 o'rin-joyli yangi tug'ruq kompleksini barpo etish;
 50 o'ringa mo'ljallangan hududlararo XOSPIS tashkil etish;
 Qarshi shahrida yangi tibbiyot markazi va Beshkent shahrida yangi shifoxona qurish;
 Qarshi shahri va kitob tumanlarida ixtisoslashtirilgan reabilitasiya markazini tashkil etish ko'zda tutilgan.

13-02-2024, 12:34
Sahifaga qaytish