Bugun Soğliqni Saqlash Vazirining õrinbosari Elmira Basitxanova, Xorazm viloyati Soğliqni Saqlash Boshqarmasi "onalik va bolalik" bõyicha õrinbosari Gulbika Allaberganova,Urganch Shahar Tibbiyot birlashmasida barcha tuman, shahar tuğriq bõlimi va ayollar maslahat xonalari mudirlari ishtirokida Urganch Shahar Tibbiyot Birlashmasi Kõp Tarmoqli Markaziy Poliklinikasiga tashrif buyurishdi. Bunda " Reproduktiv salomatlik, onalik va bolalik bõyicha shtab kõzdan kechirilib, birlamchi, hududiy, va markaziy shtab bõyicha integratsiya masalalari, perinatal skrining xonasida homilador ayollarni grafik asosda yõnaltirish, nuqsonli homilador ayollarni erta aniqlash, onko-nazorat xonasida ayollarni kõkrak bezi va bachodon bõyni saratonini oldini olish bõyicha õz tavsiyalarini berdi.Uchrashuv savol javoblarga boy tarzda õtdi. Fotolavha :