8-dekabr Konstitutsiya bayrami "Baxtimiz qomusimiz"

8-dekabr Konstitutsiya bayrami "Baxtimiz qomusimiz"

2025-yil 5- dekabr kunlari Urganch shahridagi "Amir Temur" istiroxat bog'ida 8-dekabr konstitutsiyamiz kuni munosabati bilan konstitutsiya kõchasi tashkil etilib, sayilda Urganch shahar tibbiyot birlashmasining "Aholini soğlom turmush tarzini qõllab quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish " bõlimining soğlom ovqatlanish stollari, soğlom turmush tarzini tarğib qiluvchi kõrgazmali materiallari bilan faol ishtirok etdi. Bundan tashqari  fuqarolarning tibbiy huquqlari va bu borada tizimda amalga oshirilayotgan loyihalar , bepul tibbiy yordam, order olish tartibi, gripp va mavsumiy kasalliklar profilaktikasi haqida tarğibot ishlari olib borildi.
Konstitutsiya kuni  barchamizga muborak bõlsin!
22-12-2025, 16:45
Sahifaga qaytish