📢 Hurmatli tibbiyot xodimlari va aziz xorazmliklar!
Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy toʼsiq boʼluvchi, aholi ishonchini susaytiruvchi va adolat tamoyillariga rahna soluvchi xavfli illatdir.
Shu bois Xorazm viloyati sogʼliqni saqlash tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash boʼyicha aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
✅ “1203”, "1103" ishonch telefonlari va Call-markaz ishga tushirildi.
✅ Muassasalarda anonim soʼrovlar, “Fikr bildirish” qutichalari joriy etildi.
✅ Nepotizm va korruptsiyaga qarshi qatʼiy talablar belgilandi.
Ochiqlik va shaffoflik taʼminlash maqsadida:
Telegram kanali:Урганч ШТБ КТМП
Veb-saytimiz: https://urganchshtb.uz faoliyat koʼrsatmoqda.
Aholi mazkur platforma va kanallar orqali rasmiy maʼlumotlar bilan tanishishi, onlayn murojaatlar yuborishi hamda taʼmagirlik yoki manfaatlar toʼqnashuvi holatlarini zudlik bilan xabar qilishi mumkin.
Birgalikda harakat qilsakgina, tibbiyot muassasalarini korrupsiyadan xoli, xalq ishonchini qozongan tizimga aylantira olamiz.
Аziz tibbiyot xodimlari!
Sizlarni kasbiy qasamyodingizga sodiq qolib, halol va vijdonan xizmat qilishga, har qanday noqonuniy holatlarga nisbatan murosasiz boʼlishga chaqiraman. Sizlarning pok mehnatingiz va fidoyiligingiz viloyatimiz tibbiyoti nufuzini belgilaydi.
Hurmatli fuqarolar!
Аgar korrupsiyaviy holatlarga duch kelsangiz @urganchshtb_antikorrupsiya_Bot telegram boti yoki yuqoridagi rasmiy kanallar orqali xabar berishingizni soʼraymiz. Barcha murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi va qonun doirasida choralar koʼriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — umumiy vazifamiz. Faqat birdamlik va hamjihatlik orqali adolatli, shaffof va xalqparvar tibbiyot tizimini barpo eta olamiz.
Odilbek Matkarimov,
Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori