"Tibbiyot - korrupsiyadan holi soha"

"Tibbiyot - korrupsiyadan holi soha"



2026-yil 9-sentabr kuni Urganch shahrida joylashgan barcha Oilaviy poliklinikalarida "Tibbiyot - korrupsiyadan holi soha" mavzusida ochiq eshiklar kuni va bepul tibbiy ko‘riklar o‘tkazildi. Xususan 3-son Oilaviy Poliklinikasi, “Oʼzbekiston liberal demokratik partiyasi” bilan hamkorlikda Urganch shahridagi Binokor MFYda “O’zLiDeP-onkologik kasalliklariga qarshi kurashadi!” shiori ostida ayollar o’rtasida sayyor tibbiy ko’rik jarayonlari bo’lib o’tdi. Tibbiy ko’rikka onkolog, terapevt, endokrinolog, kardiolog, mobil  momografiya va barcha turdagi tibbiy apparatlar  jalb qilindi. Jarayondan lavhalar foto tarzida ilova qilindi.
10-09-2026, 17:22
Sahifaga qaytish