Bugun 2024-yil 11-may kuni Urganch Shahar tibbiyot birlashmasida 12-may “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
Bugun 2024-yil 11-may kuni Urganch Shahar tibbiyot birlashmasida 12-may “Xalqaro hamshiralar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.Tadbirni UShTb KTMP mudiri oʻrinbosari Nuraddin Yuldashev olib bordi va barcha tibbiy birodar,hamshiralarni bayram munosabati bilan samimiy tabrikladi.Tadbirda maktab katta hamshirasi Shoxida Hudoyberganovaga Xorazm viloyati hokimi tomonidan “faxriy yorliq”bilan, Xorazm viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi tomonidan 18 ta hamshiralarimizga “faxriy yorliq”lar, Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Odilbek Matkarimov nomidan 7ta hamshiralarimizga “tashakkurnoma”lar tagdim etildi. USHTb kasaba uyushmasi raisi Jalolbek Boltayev tomonidan Urganch Shahar shifoxonasi, tug’ruq bo’limi, 4 va 5-son Oilaviy poliklinikasi va Ko’p tarmoqli markaziy poliklinikalari hamshiralariga 70 dan ziyod qimmat baho esdalik sovg’alari topshirildi.