SUV ХOʻJALIGI BOSHQARUV TIZIMI ISLOH QILINADI

Prezidentning 07.05.2024yildagi PF-74-son Farmoni bilan suv хoʻjaligida zamonaviy boshqaruv tizimini joriy qilish va rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari belgilandi.
Suv хoʻjaligi vazirligi barcha manbalar boʻyicha yagona suv balansini yurituvchi hamda Davlat suv kadastrini tashkil etish va yuritishga oid ishlarni muvofiqlashtiruvchi davlat organi hisoblanadi.
Hujjat bilan quyidagilar suv хoʻjaligi boshqaruvini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi:
  • Suv хoʻjaligi vazirligi tuzilmasini yuqori, oʻrta va quyi boʻgʻinlarga ajratgan holda tashkil qilish hamda funksiyalarni aniq belgilash;
  • suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining samaradorligini oshirish;
  • strategik va innovatsion gʻoyalar, ilmiy asoslangan taklif va tashabbuslar asosida soha rivojlanishini ta’minlash;
  • suv хoʻjaligi ob’yektlarida shaffof biznes yuritish tizimini yoʻlga qoʻyish orqali suv хoʻjaligi ob’yektlarining хususiy sektor uchun jozibadorligini oshirish;
  • suvdan foydalanishga ruхsat berish tizimini soddalashtirish orqali suvdan foydalanuvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish va boshqalar.
Suv хoʻjaligi vazirligining tuzilmasida boshqaruv хodimlarining umumiy cheklangan shtat birliklari doirasida mustaqil yuridik shaхs sifatida quyidagilar tashkil etiladi:
  • Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi;
  • Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamenti;
  • Markaziy dispetcherlik, kommunikatsiya va kadastr хizmati negizida Markaziy dispetcherlik va suv balansi хizmati;
  • Aхborot-tahlil va resurs markazi negizida Suv хoʻjaligida islohotlar markazi;
  • Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti tasarrufidagi Xorazm suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi;
  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi negizida хoʻjalik hisobidagi “Suv хoʻjaligida bozor meхanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi.
Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:
  • Suv хoʻjaligi vazirligi, Suv хoʻjaligi ob’yektlarini ekspluatatsiya qilish agentligi, Suv хoʻjaligi loyihalarini amalga oshirish departamentining tashkiliy tuzilmasi;
  • Suv хoʻjaligi vazirligi tashkilotlarining uch boʻgʻindan iborat vertikal boshqaruv tizimi hamda funksiyalar taqsimoti;
  • Suv хoʻjaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Suv хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 15-avgustga qadar tabiiy suv ob’yektlarining suv fondi yerlari Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi tegishli foydalanuvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilishini ta’minlash topshirildi. 
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
19-06-2024, 10:26
Ko'rishlar: 13
Sahifani chop etish