SUGʻURTALOVCHILARGA JARIMA QANDAY QOʻLLANILADI
Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:
- umumiy qoidalar. Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini, shu jumladan belgilangan iqtisodiy normativlarni buzganligi uchun ustav kapitali eng kam miqdorining 0,1 foiz miqdorigacha jarima qoʻllashga haqli. Bunda, sugʻurtalovchiga qoʻllaniladigan jarimalarning umumiy miqdori ustav kapitalining eng kam miqdori 1,0 foizidan ortik boʻlmasligi lozim.
- jarima sanksiyalarini qoʻllash asoslari. Ularga quyidagilar kiradi:
– qonunchilikka muvofiq vakolatli davlat organiga topshiriladigan hisobotlar va ma’lumotlar;
– auditorlik va aktuar tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalari boʻyicha хulosa va boshqalar;
- jarima sanksiyalarini qoʻllash. Sugʻurtalovchilarga nisbatan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror vakolatli davlat organining rahbari yoki oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qarorni qabul qilishga ishchi komissiyaning хulosasi asos boʻladi.
- vakolatli davlat organi qarori ustidan shikoyat qilish. Vakolatli davlat organining jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan sugʻurtalovchi qarordan koʻchirmani olgan sanadan boshlab oʻn besh kun ichida apellyatsiya kengashiga yozma ravishda shikoyat berish yoki qonunchilikda belgilangan tartibda sudga murojaat kilish huquqiga ega.