2024-YILDA 6 MINGGA YER MAYDONI AUKSIONGA CHIQARILADI
Hujjat bilan yer uchastkalarini auksion orqali savdoga chiqarish rejasi tasdiqlanmoqda. Shu bilan birga, shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilmagan yer uchastkalari ijara huquqi asosida savdoga chiqariladi. Boshqa barcha holatlarda yer uchastkalari mulk huquqi asosida taqdim etiladi.
2024-yilda respublika boʻyicha jami 6 ming ga yer uchastkalarini savdoga chiqarish rejalashtirilgan, shundan 225 ga – Toshkent shahrida.
Shuningdek, хalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllar boʻyida savdo va хizmat koʻrsatish ob’yektlarini joylashtirish uchun 400 ta ob’yekt savdoga chiqariladi, shundan 16 tasi – Toshkent viloyatida, 10 tasi – Toshkent shahrida.
Shuningdek, hududlarda 1,3 mingdan ziyod ob’yekt auksionga chiqariladi va ular:
- хizmat koʻrsatish majmualari va servis ob’yektlari;
- joylashtirish vositalari;
- turar joylar;
- savdo-koʻngilochar markazlarini tashkil etishga moʻljallangan.