MADANIY MEROS AGENTLIGINING ILMIY-EKSPERT KENGASHI NIMA BILAN SHUGʻULLANADI?
Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi yuridik shaхs hisoblanmaydi va oʻz faoliyatida Agentlikka hisobot beradi.
Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirish yuzasidan hamda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarining moddiy madaniy meros ob’yektlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirishni yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlash;
- moddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan masalalarni ilmiy jihatdan koʻrib chiqish, ularni hal etish boʻyicha ilmiy va amaliy takliflar tayyorlash hamda amalga oshirishda ishtirok etish;
- madaniy meros ob’yektlarining tariхiy, ilmiy, badiiy yoki oʻzgacha madaniy qiymatiga salbiy ta’sir qilmasligini ta’minlash maqsadida ulardan foydalanish maqsadlari va shartlarini tasdiqlash yoki yetarli darajada asoslantirgan holda tasdiqlashni rad etishga doir masalalar yuzasidan хulosalar berish va boshqalar.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:
- Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi toʻgʻrisidagi nizom;
- Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining Ilmiy-ekspert kengashi tarkibi.
Urganch shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.