Vazirlar Mahkamasining 24.06.2024-yildagi “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 350-son qarori qabul qilindi.
Markazning asosiy vazifalari:
- ijtimoiy himoya va aholining ruhiy salomatligi sohasidagi muammolarni tadqiq etish hamda hal qilishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
- ijtimoiy ish sohasida хalqaro standartlar talablariga mos keluvchi akademik tizimni joriy etish va mustahkamlash;
- ijtimoiy himoya muammolarini hal etishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish va ishga tushirish.
Bundan tashqari, “Aqlvoy” telekanaliga Agentlikning buyurtmasiga asosan efir vaqtining 7 foiz qismiga ijtimoiy roliklarni bepul joylashtirish vazifasi yuklatilmoqda.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.