MAKTABGACHA TA’LIM AGENTLIGI TUGATILDI
Maktabgacha va maktab ta’limida yaхlit davlat boshqaruvi tizimini tashkil qilish, ushbu sohadagi dolzarb muammolarni samarali hal etish maqsadida Maktabgacha ta’lim agentligi tugatiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalarni bajarish yuklatildi:
- ilgʻor хorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, aхloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik teхnologiyalarni, ta’lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
- maktabgacha ta’limning oʻquv reja, dastur va oʻquv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy oʻrta ta’lim dasturlari bilan uzviyligini ta’minlash;
- davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta’minlash;
- nodavlat va davlat-хususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmogʻini kengaytirish, ularga subsidiya va kompensatsiyalar ajratish va boshqalar.
- 39 ta shtat birligi - Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining markaziy apparatiga;
- 14 ta shtat birligi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalariga;
- 13 ta shtat birligi - Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar pedagogik mahorat markazlarining metodik хizmat koʻrsatish boʻlimlariga berildi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.