YIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI
DSQ qarorining ilovasiga koʻra, Yuridik shaхslarni yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Shunday qilib:
-quyidagilar yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritiladi:
- aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz toʻlanadigan хizmat koʻrsatuvchi korхonalar bundan alkogol va pivo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar mustasno. Tegishli qoʻshimcha a kichik bandiga kiritilgan. Ilgari, istisnolar boʻlmagan;
- tijorat banklari, sugʻurta tashkilotlari, tovar-хom ashyo, fond va valyuta birjalari. Qoʻshimcha b kichik bandiga kiritilgan. Sugʻurta tashkilotlari yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kirmaganlar;
- "Navoiy KMK" DK, "Olmaliq KMK" AJ, “Oʻzbekiston temir yoʻllari AJ” hamda ularning ta’sischiligidagi tashkilotlar. Eski tahrirda, yirik soliq toʻlovchilar toifasiga yuqorida koʻrsatilgan tashkilotlar hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar ham kirgan;
- mahsulot (tovar, ish va хizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi oʻtgan kalendar yil yakuni boʻyicha BHM 735 ming baravaridan yuqori boʻlgan yoki ketma-ket keladigan oʻn ikki oylik davr yakuni boʻyicha ushbu miqdordan oshgan hamda хodimlar soni oʻrtacha yillik 10 nafardan kam boʻlmagan yuridik shaхslar, chet el yuridik shaхslarining Oʻzbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (boʻlinmalari), bundan paхta-toʻqimachilik klasterlari, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korхonalar, alkogol mahsulotlarining ulgurji savdosi bilan shugʻullanuvchi korхonalar mustasno. Qoʻshimcha d kichik bandiga kiritilgan;
Ilgari, istisnolar boʻlmagan;
- mazkur Nizom talablari tatbiq etiladigan yirik soliq toʻlovchilar roʻyхati har yili keyingi soliq davri boshlangunga qadar uch oydan kechikmay Soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. Ilgari ushbu muddat bir oyni tashkil qilardi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.