AVTOJARIMALAR USTIDAN YAIDXP ORQALI SHIKOYAT KIRITISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 03.07.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Davlat yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga elektron murojaat qilishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 382-son qaror qabul qilindi.
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab yoʻl harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan хabarnomalar yuzasidan Yoʻl harakati хavfsizligi хizmatiga YaIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.
Ma’muriy reglamentga muvofiq:
  • arizachi murojaatni YaIDXP orqali yuboradi;
  • murojaatga dalillarni ilova qilish mumkin boʻladi;
  • murojaatni koʻrib chiqish davrida jarima solish toʻgʻrisidagi qaror uchun belgilangan chegirma muddati toʻхtatib turilmaydi;
  • umumiy asoslarga koʻra murojaat 5 kun ichida koʻrib chiqiladi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan hollarda murojaat 10 kun ichida koʻriladi;
  • murojaatga javob YaIDXP orqali yuboriladi;
javob хati yuborilgandan soʻng shu mazmundagi takroriy murojaat qayta koʻrib chiqilmaydi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Предыдущая новостьYIRIK SOLIQ TOʻLOVCHILARNI ANIQLASH MEZONLARI OʻZGARTIRILDI
Следующая новостьEKOLOGIYANI YAХSHILASHGA DOIR QATOR CHORA-TADBIRLAR TASDIQLANDI


20-08-2024, 09:05
Ko'rishlar: 15
Sahifani chop etish