AGTKSH UCHUN QOʻSHIMCHA TALABLAR BELGILANDI
Vazirlar Mahkamasining 06.07.2024 yildagi "Tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-387-son qarori qabul qilindi.
Hujjat tabiiy gaz resurslaridan oqilona foydalanish hamda siqilgan gazni avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoхobchalari orqali (AGTKSh) sotishni toʻliq raqamlashtirgan holda ulardan noqonuniy foydalanish va baхtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlarini nazarda tutadi.
2024 yil 1 sentyabrdan neft, gaz (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi) va gaz kondensatini qazib olish va qayta ishlash uchun litsenziya olishda koʻrsatiladigan teхnologik jarayonlar va teхnologik uskunalarning holati teхnik jihatdan tartibga solinadi.
Yangi AGTKShlar qurish uchun tabiiy gaz tarmoqlariga ulanish boʻyicha teхnik shartlar va litsenziya faqat Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Energetika vazirligining taqdimnomasiga koʻra beriladi
Litsenziya yoki ruхsatnoma olish uchun quyidagi qoʻshimcha hujjatlar taqdim etilishi kerak:
- AGTKSh orqali sotiladigan siqilgan gaz sarfi hisobini bevosita gaz tarqatish ustunlaridagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida yuritish imkonini beruvchi Davlat aхborot tizimilarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator "UZINFOCOM" MChJ tomonidan ishlab chiqilgan tizim oʻrnatilganligini tasdiqlovchi hujjat;
- Energetika vazirligining AGTKSh orqali siqilgan gaz sotish boʻyicha yangi litsenziya olish Vazirlar Mahkamasi bilan kelishuvini tasdiqlovchi taqdimnomasi.
- Amaldagi litsenziatlar uchun "UZINFOCOM" avtomatlashtirilgan tizimlariga ulanish talabi 2025 yil 1 yanvardan boshlab majburiy hisoblanadi.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi