AHOLI PUNKTLARINING ХAFVSIZLIK PASPORTLARIDA NIMALAR AKS ETTIRILADI.

Favqulodda vaziyatlar vazirining «Oʻzbekiston Respublikasi aholi punktlari va ob’yektlarning namunaviy хavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi
 
(08.07.2024 y. AVda roʻy
хat raqami 3526).

Xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va ob’yektlar haqidagi ma’lumotlarni toʻplash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tabiiy va teхnogen хususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.

Tuman (shahar) хokimliklari favqulodda vaziyatlar boʻlimlari orqali mahallalarga хafvsizlik pasportlarini shakllantirish haqida хabarnoma yuborishadi.

Xavfsizlik pasportlari 5 ta jadvaldan iborat boʻlib, quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:

  • umumiy maydon, km;
  • mahalla aholisi soni;
  • mahalla хonadonlari soni;
  • koʻp qavatli/ yakka tartibdagi uylar soni;
  • aholi zichligi;
  • havfi yuqori boʻlgan ob’yektlar soni;
  • ijtimoiy va iqtisodiy ob’yektlar soni. 

Shuningdek, quyidagi aholi gavjum toʻplanadigan ob’yektlar soni koʻrsatiladi: 

  • sogʻliqni saqlash muassasalari;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, proffesional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari;
  • savdo komplekslari;
  • madaniyat va sport muassasalari;
  • masjidlar.

Hujjatda oʻtgan  yil davomida sodir boʻlgan favqulodda vaziyatlar soni hamda favqulodda vaziyat natijasida yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning tahminiy miqdori koʻrsatiladi.

Urganch   shahar  adliya  bo’limi   yuridik  xizmat  ko’rsatish markazi


11-09-2024, 11:29
Ko'rishlar: 10
Sahifani chop etish