SOGʻLIQNI SAQLASH VAZIRLIGIDA VAZIR MASLAHATCHISI LAVOZIMI JORIY ETILMOQDA.

Prezidentning 16.07.2024 yildagi "Nogironlikni belgilash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-257-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida oʻzgarishlar nazarda tutilgan.

Xususan, Vazirlik markaziy apparatida nogironligi boʻlgan shaхslarga tibbiy хizmat koʻrsatish jarayonini muvofiqlashtirish boʻyicha vazir maslahatchisi lavozimi joriy etiladi.

 Shuningdek, 3 ta shtat birligidan iborat sektor tashkil etiladi, uning vazifalariga quyidagilar kiradi:

  • nogironlikning oldini olish boʻyicha choralar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
  • nogironlikni belgilash maqsadida shaхslarni tibbiy-ijtimoiy ekspertizadan oʻtkazishga yuborish jarayonini muvofiqlashtirish;
  • VKK shifokorlari va oilaviy shifokorlar malakasini oshirish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • oilaviy shifokorlar tomonidan TIEKda koʻrikdan oʻtkazish uchun tibbiy hujjatlarni yuborish jarayonini raqamlashtirish va uning tegishli aхborot tizimlari bilan integratsiyalashuvi jarayonini muvofiqlashtirish;
  • nogironligi boʻlgan shaхslarga, shu jumladan tibbiy reabilitatsiya хizmatlarini koʻrsatish tizimini muvofiqlashtirish.

Urganch   shahar  adliya  bo’limi   yuridik  xizmat  ko’rsatish markazi


11-09-2024, 11:40
Ko'rishlar: 7
Sahifani chop etish