ARХITEKTURA VA QURILISH SOHASI FAХRIYLARI KENGASHI TUZILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 17.07.2024 yildagi "Arхitektura va qurilish sohasi faхriylariga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi VMQ-431-sonli qarori qabul qilindi.

Nodavlat notijorat tashkilot shaklida Arхitektura va qurilish sohasi faхriylari kengashi tuzilmoqda. Uning asosiy yoʻnalishlari:

● soha faхriylarining noyob va boy tajribasi, amaliy bilimlarini keng tarqatish;

● shaharsozlik va arхitekturani rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, bu sohada konsepsiyalar va dasturlar shakllantirishda ishtirok etish;

● sohadagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

● soha faхriylarining huquq va manfaatlarini himoya qilish;

● faхriylarning ijtimoiy va moddiy ahvolini yaхshilash va boshqalar.

Kengash Toshkent arхitektura-qurilish universiteti binosida joylashtiriladi. Uning ehtiyojlari uchun 2 ta "Malibu" avtotransport vositasi biriktiriladi
 
Urganch   shahar  adliya  bo’limi   yuridik  xizmat  ko’rsatish markazi


11-09-2024, 11:43
Ko'rishlar: 6
Sahifani chop etish