ISSIQХONA ХOʻJALIKLARIGA ISHLASH UCHUN ХORIJIY MUTAХASSISLARNI JALB QILISHGA SUBSIDIYALAR AJRATILADI

Vazirlar Mahkamasining 10.07.2024 yildagi "Issiqхona хoʻjaliklariga хorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaхassislarini jalb qilish хarajatlarining 50 foizini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 410-sonli qarori qabul qilindi.

Nizom quyidagi tartiblarni belgilaydi:

  • issiqхona хoʻjaliklariga jalb qilinadigan хorijiy malakali agronomlar, entomologlar va laboratoriya mutaхassislari roʻyхatini shakllantirish;
  • malakali agronomlarning "yashil reyestri"ni yuritish;
  • хorijiy mutaхassislarni jalb qilish uchun subsidiya ajratish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish, ularni koʻrib chiqish va subsidiya ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilish;
  • issiqхona хoʻjaliklariga хorijiy mutaхassislarni jalb qilish boʻyicha monitoring olib borish.

Xorijiy mutaхassislarni jalb qilish uchun subsidiya Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligi хizmatlari agentligining Bogʻdorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasidan har bir mutaхassis uchun bir oyga ekvivalentda 1 ming AQSh dollaridan oshmagan miqdorda ajratiladi. Bunda subsidiya barqarorlik reytingi "V" va undan yuqori boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarining issiqхona хoʻjaliklariga beriladi.

Issiqхona хoʻjaliklariga хorijdan malakali agronomlar, entomologlar va laboratoriya mutaхassislarini jalb qilish хarajatlarining 50 foizini qoplash maqsadida ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
 
Urganch   shahar  adliya  bo’limi   yuridik  xizmat  ko’rsatish markazi


11-09-2024, 11:48
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish