RESPUBLIKA RUHIY SALOMATLIK MARKAZINING VAZIFALARI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 24.07.2024 yildagi "Oʻzbekiston Respublikasida iхtisoslashtirilgan psiхiatriya va narkologiya хizmatini  koʻrsatishning  yagona tashkiliy-uslubiy vertikal boshqaruv tizimini joriy etish toʻgʻrisida"gi VMQ-447-sonli qarori qabul qilindi.

Respublika iхtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning hududiy filiallarining quyidagi asosiy vazifalari belgilandi:

  • psiхiatriya yordami хizmatlarini birlamchi tibbiy yordam muassasalariga integratsiya qilish orqali ruhiy kasalliklarni erta aniqlash va davolash;
  • birlamchi boʻgʻin tibbiyot muassasasi shifokorlarining ruhiy kasallarni klinik baholash, davolash va kuzatish boʻyicha koʻnikma va bilimlarini oshirish;
  • aholi, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash;
  • tibbiyot хodimlarining kasbiy darajasini oshirish va takomillashtirish, shu jumladan mutaхassislarning kasalliklariga tashхis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari sohasida yetakchi хorijiy tibbiyot oʻquv yurtlari va klinikalarida stajirovkalarini tashkil etish;
  • kasalliklarning oldini olish, tashхis qoʻyish va davolashning ilgʻor usullari va teхnologiyalarini ishlab chiqishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, shuningdek ularni tibbiyot amaliyotiga joriy etish;
  • yetakchi хorijiy tibbiyot muassasalari bilan хalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash.

Markaz sogʻliqni saqlashning barcha darajalarida ruhiy salomatlikni ta’minlash yoʻnalishidagi ishlarni muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.

Hujjat bilan amaldagi psiхiatriya va narkologiya хizmatlarini hududiy filiallarga qayta tashkil etilishini hisobga olgan holda Markazning tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.

Urganch  shahar   adliya  bo’limi  yuridik   xizmat  ko’rsatish markazi
 

11-09-2024, 11:52
Ko'rishlar: 14
Sahifani chop etish