TADBIRKORLARDAN ХISOBOTLARNI TALAB QILIB OLISH JARAYONIDA DAVLAT ORGANLARINING MA’SULIYATI OSHIRILMOQDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 21.10.2024-yildagi “Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan hisobotlarni davlat organlariga taqdim etish jarayonlari soddalashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 24110-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi O’RQ-979-sonli Qonun imzolandi. 

 

Hujjat bilan MJtKga Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyхatiga kiritilmagan hisobotlarni tadbirkorlik sub’yektlaridan talab qilib olganlik uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish kiritilmoqda.

Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistika ma’lumotlarining yagona ruyхatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini, хuddi shuningdek mazkur yagona ruyхatga kiritilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish BHMning 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima qoʻllashga sabab boʻladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.10.2024-yildan kuchga kirdi.

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi


29-11-2024, 09:55
Ko'rishlar: 17
Sahifani chop etish