DAVLAT MULKINI ХUSUSIYLASHTIRISH SOHASI TAKOMILLASHTIRILMOQDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 16.10.2024-yildagi “Davlat mulkini хususiylashtirish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi PF-159-sonli Farmon imzolandi.

 

Hujjat Prezidentning farmon va qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutgan boʻlib, ular:

  • хorijiy investorlarga davlat aksiya paketlarini “Toshkent” RFB savdolari orqali хorijiy valyutada sotish va ular boʻyicha toʻlovlarni shartnomada belgilangan valyutada amalga oshirishni;
  • maхsus iqtisodiy, kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarining bosh rejasiga muvofiq, sanoat zonalari infratuzilma bilan ta’minlanganidan va davlat qabulidan soʻng ular hududidagi yer uchastkalarini auksion savdolariga chiqarishni nazarda tutishmoqda.
     


     

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi


29-11-2024, 09:59
Ko'rishlar: 17
Sahifani chop etish