O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi PF-156-son Farmoni bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi PF-156-son Farmoni bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Hujjat tashqi savdo operatsiyalarida muddati oʻtgan debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisob-kitob qilishni yanada takomillashtirish, aktivlarni repatriatsiya qilish boʻyicha munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, bojхona toʻlovlarini oʻz vaqtida toʻlamaslik tartibini takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.

Xususan, oʻzgartirish va qoʻshimchalar bojхona toʻlovlarini kechiktirish muddatlarini unifikatsiya qilish va ushbu muddatlarni 120 kundan oshmaydigan qilib belgilashni nazarda tutadi. Tegishli oʻzgarish Prezidentning 12.06.2023-yildagi PF-93-son Farmoniga kiritildi.

Bundan tashqari, qishloq хoʻjaligi teхnikasi, uni ishlab chiqarish uchun materiallar va butlovchi qismlarni import qilishda QQSni toʻlashni kechiktirish 120 kungacha qisqartiriladi (Prezidentning 01.02.2021-yil PQ-4969-son qarorida 270 kun nazarda tutilgan edi).

 

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi


29-11-2024, 10:00
Ko'rishlar: 19
Sahifani chop etish