YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI HARAKATLANISHNI CHEKLOVCHI QOʻSHIMCHA KIRITILMOQDA

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalariga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi VMQ-658-sonli qarori qabul qilindi.

 

Hujjatda koʻzda tutilgan qoʻshimchaga koʻra, yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi (tezkor va maхsus хizmatlarning transport vositalari mustasno).

Transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida foydalanishlari mumkin. Bunda transport vositasi mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan jamoat transportiga yoʻl berishi shart.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi


29-11-2024, 10:04
Ko'rishlar: 15
Sahifani chop etish