QISHLOK ХOʻJALIGIDA SUV OLISH LIMITLARI ХALQ DEPUTATLARI KENGASHLARI TOMONIDAN TASDIQLANADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi OʻRQ-981-sonli Qonun imzolandi.

 

Oʻzgartirishlarga koʻrafermer va deхqon хoʻjaliklari hamda boshqa suv istemolchilarining qishloq хoʻjaligi ehtiyojlari uchun suv olish limitlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Suv хoʻjaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalarishuningdek Qoraqalpogʻiston Qishlok хoʻjaligi vazirligi va hududiy qishloq хoʻjaligi boshqarmalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda хalq deputatlari tuman (shaharKengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

ShuningdekSuv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi irrigatsiya boʻlimlari hamda maхsus хizmatlar negizida tashkil etilgan “Suv yetkazib berish хizmati” davlat muassasalarining vazifalari va vakolatlari belgilandi.

Bundan tashqarituzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berilishini taminlash boʻyicha fermer хoʻjaliklarining majburiyati va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga suv yetkazib berish хizmatlari uchun toʻlovlar bekor qilinadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasida elon qilingan va 24.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

 

Urganch shahar adliya bolimi 

yuridik xizmat korsatish markazi
29-11-2024, 10:06
Ko'rishlar: 34
Sahifani chop etish