PENSIYA TIZIMINI ISLOH QILISH KONSEPSIYASINI ISHLAB CHIQISH BOSHLANDI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.09.2024-yildagi “Davlat pensiya taminoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi 600-son qarori qabul qilindi.

 

Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chikish boʻyicha ishchi guruh tarkibi (keyingi oʻrinlarda Ishchi guruх) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilgʻor хorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlashga ma’sul ishchi guruh tashkil etildi. 2025-yil 1-martda kadar ishchi guruh davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishi va kiritishi lozim.

Ishchi guruh Xalqaro valyuta jamgʻarmasi, Osiyo taraqqiyot banki, Xalqaro mehnat tashkiloti hamda mahalliy ekspertlarni jalb qilishi rejalashtirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.09.2024-yildan kuchga kirdi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi 

yuridik xizmat ko’rsatish markazi


11-12-2024, 10:56
Ko'rishlar: 22
Sahifani chop etish