KRIPTO SOHASIDA LITSENZIYA OLISH UCHUN DAVLAT BOJI QANCHA TURADI

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilindi (17.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 3584-son).

Buyruq bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmat koʻrsatuvchi provayderlarning faoliyati boʻyicha litsenziya berish uchun davlat boji  quyidagi miqdorlarda belgilanmoqda: 

  • kripto-birja uchun – BHMning 73,4 ming baravari (27,5 mlrd soʻm);
  • mayning-pul uchun - BHMning 3 ming baravari (1,1 mlrd soʻm);
  • kripto-depozitariy – BHMning 7 ming baravari (2,6 mlrd soʻm);
  • kripto-doʻkon – BHMning 3,7 ming baravari (1,4 mlrd soʻm).

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.


5-02-2025, 13:35
Ko'rishlar: 4
Sahifani chop etish