OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAХSLAR: HOZIRGI HOLAT VA YECHIMINI KUTAYOTGAN MASALALAR
2020-2023 yillarda Oʻzbekistonda 2,5 million nafardan ortiq fuqaro (ulardan 1,1 million nafari ayollar) oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan. Ular 100 dan ortiq faoliyat turlari bilan shugʻullanish huquqiga ega.
Bandlikning ushbu shaklida bir qancha afzalliklar mavjud:
- oʻzini oʻzi band qilgan shaхslarga ijtimoiy soliq toʻlash sharti bilan mehnat staji hisoblanadi, bu esa kafolatlangan pensiyaga umid qilish imkonini beradi;
- daromad toʻgʻrisida ma’lumotnoma olish va bank kreditlari hamda soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati mavjud;
- noqonuniy faoliyat uchun soliq organlaridan jarimalardan qoʻrqmaslik mumkin.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.