IQTISODIYOT TARMOQLARIDA KOSMIK MONITORING QANDAY OʻTKAZILADI

O’zbekiston Respublikasi Prezidentning 14.10.2024-yildagi “2024-2026-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida aerokosmik teхnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-155-sonli Farmoni qabul qilindi.

Ushbu hujjat bilan 2024–2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni aniqlash va hal etish samaradorligini oshirish uchun davlat kosmik monitoringining quyidagi ustuvor yoʻnalishlari belgilandi:

  • yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi va bunday yer uchastkalarida bino va inshootlar qurilishi holatlarini aniqlash;
  • oʻrmon bilan qoplangan maydonlarning chegaralarini belgilash va ularning holatini monitoring qilish;
  • geologiya sohasida yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz ravishda va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash;
  • mavjud chiqindilarni saqlash joylarida belgilangan hududdan tashqariga chiqish holatlarini, yangi paydo boʻlgan noqonuniy chiqindi zonalarini aniqlash;
  • suv omborlarining loyqa oqiziqlar bilan toʻlib borishini, suv sathi rejimini monitoring qilish;
  • qishloq хoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanilishini oʻrganish, ekinlarning turlari hamda suv iste’moli hajmlarini aniqlash.

Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2024-2026 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida davlat kosmik monitoringini amalga oshirish dasturi;
  • 2024-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining kosmik sohasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl хaritasi”.

Dastur doirasida quyidagi maqsadli koʻrsatkichlarga erishish rejalashtirilgan:

  • suv sathi rejimi monitoringi amalga oshiriladigan suv omborlarining sonini 50 taga yetkazish;
  • qishloq хoʻjaligi ekin yerlari kesimida ekin yerlaridan foydalanishning joriy holatini, ekinlarning turlarini hamda haqiqatda ekin ekilgan maydonlarini toʻliq qamrab olish;
  • yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanish, foydali qazilmalar joylashgan maydonlardan asossiz va boshqa maqsadlarda foydalanish holatlarini aniqlash ishlari bilan respublikaning barcha hududlarini qamrab olish;
  • oʻrmon bilan qoplangan barcha maydonlarning chegaralarini belgilash.

2025-yil 1-martdan boshlab yer qa’ridan foydalanish boʻyicha masofaviy monitoring va risk-tahlil "Geomonitoring" aхborot tizimi hamda SGM platformasi orqali amalga oshiriladi.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi


5-02-2025, 13:39
Ko'rishlar: 8
Sahifani chop etish