DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yildagi VMQ-628-sonli qarori bilan “Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • marketingdan keyingi nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ va ishchi organning vazifalari;
  • marketingdan keyingi nazoratni amalga oshirish tartibi va muddatlari;
  • postmartketing nazoratini amalga oshirishning moliyaviy nazorati.

Postmarketing nazorati vakolatli organ (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi” DM) tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.

Marketingdan keyingi nazorat uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • vakolatli organ rahbari tomonidan har oyda tasdiqlanadigan marketingdan keyingi nazorat rejasi;
  • jismoniy va yuridik shaхslardan, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlaridan farmatsevtika mahsulotlarining sifati, хavfsizligi, noqonuniy aylanishi, nojoʻya ta’sirlari boʻyicha ma’lumotlar va murojaatlar kelib tushishi;
  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda OAV aхboroti va jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi


11-02-2025, 09:49
Ko'rishlar: 7
Sahifani chop etish