JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYAT QANDAY OSHIRILADI
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.09.2024-yildagi “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VQM-588-sonli qarori qabul qilindi.
Dastur 4 yoʻnalishga tavsiflangan 95 ta chora-tadbirdan iborat:
- aholining huquqiy madaniyatini oshirish;
- aholini huquqiy madaniyatini oshirishda innovatsion usullarni qoʻllash;
- huquqiy madaniyatni oshirishda OAV rolini kuchaytirish;
- huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini tadqiq etish
Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.
Dastur matni bilan shu yerda tanishishingiz mumkin.
Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi