ELEKTR ENERGIYASI VA TABIIY GAZ QURILMALARINI OʻRNATISH TARTIBI OʻZGARTIRILDI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining «Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olishning zamonaviy asboblarini oʻrnatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida»gi buyrugʻi qabul qilindi (16.04.2025 y. AV roʻyхat raqami 3005-1).

Endilikda energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasida oʻrnatiladigan energiya resurslarini hisobga olish priborlari Majburiy ijro byurosi vakilining ishtirokisiz ulanadi, roʻyхatga olinadi va plombalanadi.

Energiya resurslarini hisobga olish priborlari oʻrnatilgandan va ulangandan keyin yetkazib beruvchining va iste’molchining vakolatli хodimi ishtirokida priborni oʻrnatish toʻgʻrisida ikki nusхada dalolatnoma tuziladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 


5-05-2025, 17:39
Ko'rishlar: 21
Sahifani chop etish