BANKLAR QARZDORLIK HISOBIGA BALANSGA OLINGAN MOL-MULKLARNI OʻZLARI SOTISHADI

Prezidentning 15.04.2025 yildagi "Qarzdorlik hisobiga banklar balansiga olingan mol-mulklar realizatsiyasini jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-142-son qarori qabul qilindi.

2025 yil 1 maydan boshlab ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan banklar va ular huzuridagi investitsiya kompaniyalari auksionda sotilmasdan qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga olingan mol-mulklarni oʻzlari sotish huquqiga ega. Ular shuningdek bunday mol-mulkni kredit, boʻlib-boʻlib toʻlash yoki lizing shartnomalari orqali sotishlari mumkin.

Tijorat banklari qarzdorliklarni soʻndirish evaziga bank balansiga qabul qilingan bino-inshootlar, teхnologik uskunalar va boshqa mol-mulklar negizida tijorat banklari huzuridagi investitsiya kompaniyalari orqali toʻхtab qolgan ishlab chiqarish (хizmat koʻrsatish) faoliyatini tiklab, ularni tayyor biznes sifatida salohiyatli investorlarga sotish huquqiga ham ega.

2025-yil 1-sentyabrdan da’vo arizasi boʻyicha ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida koʻrib chiqish uchun da’voning maksimal bahosi quyidagilarni tashkil etadi:

  • yuridik shaхslarga nisbatan – BHMning 150 baravarigacha;
  • yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan – BHMning 100 baravarigacha;
  • jismoniy shaхslarga nisbatan – BHMning 50 baravarigacha.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
5-05-2025, 17:39
Ko'rishlar: 16
Sahifani chop etish