TADBIRKORLAR QADOQLANGAN MEVA VA SABZAVOTLARNI REALIZATSIYA QILISHDA QANDAY YANGI IMTIYOZLARGA EGA BOʻLADILAR

Prezidentning 08.04.2025-yildagi «Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining eksport salohiyatini oshirish hamda qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-136-son qarori bilan yangi imtiyozlar va preferensiyalar joriy etilmoqda:

1. 2028 yil 1 yanvargacha zamonaviy qadoqlarda meva-sabzavot mahsulotlarini realizatsiyaga chiqaradigan tadbirkorlik sub’yektlari uchun foyda soligʻi va ijtimoiy soliq stavkalari quyidagi shartlar asosida 1 foiz etib belgilanadi:

  • har oyda har bir хodimga ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblanganda;
  • zamonaviy qadoqlangan meva-sabzavot mahsulotlarini soliq davrida realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum jami tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 50 foizini tashkil etganda.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi


5-05-2025, 17:46
Ko'rishlar: 18
Sahifani chop etish