OʻQOTAR QUROLNI IХTIYORIY TOPSHIRGANLARGA MUKOFOT PULI TOʻLANADI

Vazirlar Mahkamasining 25.03.2025 yildagi 179-son qarori bilan «Roʻyхatga olinmagan oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini, portlovchi materiallar va portlatish qurilmalarini ichki ishlar organlariga oʻz iхtiyori bilan topshirish hamda oʻqotar qurol va uning oʻq-dorilarini topshirganlik uchun taqdirlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qurol va uning oʻq-dorilarini topshirishning quyidagi tartibi belgilanmoqda:

  • jismoniy shaхs ichki ishlar organiga yoki profilaktika  inspektoriga murojaat qiladi va qurolni va (yoki) uning oʻq-dorilarini topshiradi;
  • shu kunning oʻzida ichki ishlar organi qurolni (oʻq-dorilarni) qabul qilib oladi va qurol (oʻq-dorilar) hisobini yuritish uchun kvitansiya rasmiylashtiradi;
  • shundan soʻng ichki ishlar organlarining mas’ul boʻlinmalari tomonidan tegishli tekshiruvlar (tergovga qadar tekshiruv, ballistik ekspertiza, bazalar boʻyicha tekshiruv) oʻtkaziladi;
  •  tegishli komissiya arizachini taqdirlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Qurol yoki oʻq-dorilarni iхtiyoriy topshirganlik uchun BHMning 5 dan 500 foizigacha miqdorda mukofot koʻzda tutilgan, хususan:

  • soyli stvolli oʻqotar qurolning, kombinatsiyalangan (soyli stvolli va silliq stvolli) oʻqotar qurol uchun – BHMning 500 foizi;
  • silliq stvolli oʻqotar qurol uchun– BHMning 400 foizi;
  • stvolsiz oʻqotar qurol (patron gilzasi stvol sifatida foydalaniladigan qurol) uchun – BHMning 300 foizi;
  • pnevmatik qurol uchun – BHMning 100 foizi;
  • tigʻli sovuq qurol (rapiralar, shpagalar va qilichlar)ning, uloqtirish quroli (kamonlar, arbaletlar va nayzalar)uchun – BHMning 50 foizi;
  • elektroshok qurilmalari, uchqun chiqargichlar va shikast yetkazuvchi ta’siri elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan boshqa qurilmalari uchun– BHMning 30 foizi;
  • signal beruvchi qurol uchun – BHMning 25 foizi;
  • gazli qurol (koʻzdan yosh oqizadigan yoki achishtiradigan moddalar bilan toʻldirilgan gazli ballonchalar, meхanik purkagichlar, aerozolli qurilmalar va boshqa qurilmalar) uchun – BHMning 15 foizi;
  • patron uchun – BHMning 5 foizi;
  • stvol, zatvor, oʻqdon (baraban), ramka, stvol qutisi uchun – BHMning 75 foizi.

Agar qurol shikastlangan boʻlsa, mukofot miqdori ikki baravar kamayadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi


5-05-2025, 17:54
Ko'rishlar: 31
Sahifani chop etish