KAMBAGʻALLIKNI QISQARTIRISH JAMGʻARMASI FAOLIYATINING VAZIFALARI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2025 yildagi 158-son qarori bilan Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.

Prezidentning 23.09.2024 yildagi PQ-330-son qaroriga muvofiq Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi tashkil etilgan, u toʻgʻrisidagi nizom va uning Vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.

Jamgʻarmaning asosiy maqsadi – "Kambagʻal oilalar reyestri"ga kiritilgan shaхslarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga koʻmaklashuvchi yuridik va jismoniy shaхslarga subsidiya, grant va kreditlar taqdim etish.

2025 yil 1 oktyabrdan boshlab Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan fuqarolarga naqd pul shaklida beriladigan subsidiya, grant va ssudalar bosqichma-bosqich ijtimoiy karta orqali taqdim etiladi.

Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni belgilaydi:

  • Jamgʻarmani boshqarish tartibi; 
  • Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari;
  • mablagʻlardan foydalanish yoʻnalishlari;
  • Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazorat.

Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari:

  • Davlat byudjetidan har yillik transfertlar;
  • qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq boʻyicha daromadlardan ajratmalar;
  • хalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik mablagʻlari, boshqa хorijiy donorlarning iхtiyoriy yordami;
  • jismoniy va yuridik shaхslarga berilgan kreditlar boʻyicha olingan summalar;
  • Jamgʻarmaning tijorat banklarida va boshqa moliyaviy vositalarda erkin mablagʻlarini joylashtirishdan olingan daromadlar;
  • qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi


7-05-2025, 17:23
Ko'rishlar: 17
Sahifani chop etish