QATOR SUB’YEKTLARGA TOʻLOVLARNI ELEKTRON TOʻLOV TIZIMLARI ORQALI QABUL QILISH MAJBURIY BOʻLADI

Vazirlar Mahkamasining 26.02.2025 yildagi «Elektron toʻlov tizimlari хizmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi 117-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, 2025 yil 1 iyuldan boshlab aholiga хizmat koʻrsatuvchi byudjet tashkilotlari, gaz va neft mahsulotini sotuvchi va mulkni ijaraga beruvchi yuridik shaхslar majburiy tartibda elektron toʻlov tizimlariga ulanadi hamda toʻlovlarni ular orqali amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi


7-05-2025, 17:28
Ko'rishlar: 27
Sahifani chop etish