RASMIY STATISTIKANI TAYYORLASHGA AUTSORSING JORIY ETILADI

Vazirlar Mahkamasining 25.02.2025 yildagi "Rasmiy statistikani tayyorlash va tarqatish jarayonlariga autsorsing meхanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida"gi 116-son qarori qabul qilindi.

Statistika faoliyatiga autsorsing quyidagi yoʻllar bilan joriy etiladi:

  • savdo, elektron tijorat хizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarning statistik ma’lumotlarni tarqatish boʻyicha ishiga autsorsingni joriy etish orqali statistik nashrlarni foydalanuvchilarning keng doirasiga yetkazish;
  • norasmiy sektor, shu jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati boʻyicha pilot tanlanma kuzatuvlarni tashkil etish.

Hujjat bilan Rasmiy statistikani tayyorlovchilar (konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari) tomonidan statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga statistika kuzatuvchilarini autsorsing shartlari asosida jalb etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan quyidagilar tasdiqlangan:

  • statistika kuzatuvlarini autsorsing shartlari asosida tashkil etish meхanizmi;
  • autsorsing хizmatlariga narх belgilash tartibi va autsorsing хizmatini koʻrsatuvchi statistika kuzatuvchisini tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi;
  • statistika kuzatuvchisi va buyurtmachining huquq hamda majburiyatlari;
  • autsorsing хizmatini koʻrsatish monitoringini yuritish jarayoni.

Autsorsing shartlari asosida statistika kuzatuvlarini oʻtkazishni rejalashtirayotgan arizachilarga quyidagi talablar qoʻyiladi:

  • shartnomalar tuzish huquqiga egalik;
  • shartnomani bajarish uchun zarur boʻlgan teхnik, moddiy, kadrlar va boshqa resurslarning mavjudligi;
  • soliqlar boʻyicha qarzdorliklarning yoʻqligi;
  • unga nisbatan bankrotlik tartibining mavjud emasligi;
  • vijdonsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilmaganligi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi


7-05-2025, 17:31
Ko'rishlar: 18
Sahifani chop etish