ENERGETIKA VAZIRLIGI ELEKTR VA GAZ BOʻYICHA LIMITLARNI QAYTA KOʻRIB CHIQISH HUQUQIGA EGA

Vazirlar Mahkamasining 28.02.2025 yildagi «Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining «Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor meхanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida» 16.04.2024 yildagi 204-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida»gi 133-son qarori qabul qilindi.

Hujjatga koʻra, havo haroratidan kelib chiqib, Energetika vazirligi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molining oylik  bazaviy me’yorlarning isitish va boshqa mavsumlardagi amal qilish muddatlariga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Bazaviy me’yorlarning amal qilish muddatlaridagi oʻzgarishlar vazirlik saytida va OAVda e’lon qilinishi kerak.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

 


7-05-2025, 17:34
Ko'rishlar: 13
Sahifani chop etish