Kariesni boshlang'ich bosqichda davolovchi gel yaratildi

Kariesni boshlang'ich bosqichda davolovchi gel yaratildi

Karies — dunyoda eng keng tarqalgan kasallik. Bu muammoga sayyoramiz aholisining 95-98 foizi to'qnash kelishi statistik tahlillarda o'z ifodasini topgan.

Shunga qaramay, bolalar va hatto kattalar orasida ham kuchli og'riqlar bezovta qilmagunicha stomatolog qabuliga borishni paysalga soluvchilar ko'p. Vaholanki, uni erta bosqichda davolash va oldini olish mumkin.
Rossiyaning Omsk davlat tibbiyot universiteti olimlari bu borada izlanishlar olib borib, ajoyib natijaga erishdi: kariesning oldini oluvchi va davolovchi qulay hamda samarali vosita yaratildi.
Gel ko'rinishidagi ushbu preparat hatto kasallikning boshlanish davri, ya'ni tishlarda dog'lar hosil bo'lish bosqichda ham yaxshi natija beradi. Shu tariqa karies rivojlanishiga barham bersa bo'ladi.
Yaratilgan maxsus surtma ftorid, kaltsiy va fosfordan tarkib topgan bo'lib, emal devorlarini mustahkamlash hamda tishlarni zarur minerallar bilan ta'minlashga xizmat qiladi. Muhimi, undan uy sharoitida foydalanish juda qulay.
Davolanish kursi 2-3 haftani tashkil etadi. Muolajani yil davomida ikki marta takrorlash kifoya. Shu asnoda tishlar o'n ikki oy davomidan Kariesdan ishonchli himoyalanadi.
Hozir tadqiqotchilar 10 ta gel kompozisiyasi uchun patient olishga muvaffaq bo'ldi. Hademay ular soni yana bittaga ko'payishi kutilyapti.

14-02-2024, 10:10
Sahifaga qaytish