Hujjat bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga xulosalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona ma’muriy reglamenti tasdiqlanmoqda.
Shuningdek 17 ta turdagi xulosalarni berish boʻyicha pasportlar tasdiqlanmoqda, ular qatorida quyidagilar bor:
· magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlashda sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
· bino (inshoot) va xonalarning yongʻin xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisida;
· dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish boʻyicha va boshqalar.
2024-yil 1-maydan xulosalar davlat xizmatlari markazlari va YaIDXP orqali beriladi.
Taqdim etilgan xulosalar roʻyxati “Litsenziya” axborot tizimida yuritiladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
