2024-yil 18-may kuni Urganch shahar "Beshmergan'" MFY binosida Urganch shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Odilbek Matkarimovining sayyor qabul jarayoni boʻlib oʻtdi. Qabulni Urganch shahar tibbiyot birlashmasi KTMP shifokori Jo'rabek Yaqubov olib bordi Bunda 12 dan ortik tibbiyotga oid masalalar koʻrib chiqildi, shulardan 7 tasi joyida hal qilindi, 3 nafar aholiga statsionar davolanish tavsiya etildi, 2 tasiga Oilaviy Poliklinika tomonidan dori darmonlar boʻyicha yordam berish rejalashtirildi. Bunday qilinib turgan ishlardan maqsad tibbiyotni xalqga yanada yaqinlashtirish va xalq ichidagi oʻzini yechimini topmagan tibbiy muammolarni hal qilishdir.